пятница, 13 апреля 2018 г.

She'r egasini topadi

"5000 $ berib o'qishga kirganman"
 Talaba.

***

Aytar so'zlarim bor, eshitib turing,
Mayli, qosh chimirib, labingiz buring,
Qandingizni uring, davringiz suring,
Dadasin puliga o'qiyotganlar!

Pora berib oling bor "uch"ingizni,
Qo'ying "paxta"larni - or-kuchingizni,
Ertaga ko'ramiz ilm - puchingizni,
Dadasin puliga o'qiyotganlar!

Qodiriy, Cho'lponu Fitrat avlodi,
Buyuk bobolarin Temurdir oti!
Sizga qulluq bo'lsin diplomning toti,
Dadasin puliga o'qiyotganlar!

Mayli, kim bo'lsangiz, salomat bo‘ling,
Omadlarga to‘ling, baxtlarga to‘ling,
Yo bilim lozimdir, yo bo‘lsin puling...
Dadasin puliga o'qiyotganlar!

Ertaga ko'ramiz ilm - puchingizni...
                                            2014


Комментариев нет:

Отправить комментарий