пятница, 13 апреля 2018 г.

Fikrlar...

Nimalarni o'ylaydi odam,
Boylik, omad, baxt yo muhabbat.
Bugun bor, ertaga bo'lmasligi ham mumkin-ku! Kimgadir Alloh baxt berib sinaydi, kimgdir pul berib, kimgadir esa dard berib. Afsuski, hammamiz ham doim shukr aytavermaymiz. Bugun bir narsaga erishishni istasak, ertaga boshqasini tusab qolamiz. Alloh taolo bergan ne'matlarining qadriga yetmaymiz gohida. To'rt muchamiz sog', boshimizda boshpanamiz bor, yo o'qishimiz, yo ishimiz bor. Tinch yashayapmiz. Doimo ishga shoshamiz, oilamizga foyda keltiramiz deb harakat qilamiz. Qaysidir ma'noda jamiyatga ham foyda keltiramiz. Davlatimiz rivoji uchun oz bo'lsa-da hissa qo'shgimiz keladi.
Lekin bir dam to'xtang... Atrofga boqing...
Turli toifa insonlarni ko'ramiz... Kimlarningdir ko'zlarida mung bor... Ular hech kimdan hech narsa tama qilishmaydi... Shunchaki qarang va ularning mehrga qonmayotganini yoxud ularga mehr deb ataladigan muqaddas tuyg'u yetishmayotganiga guvoh bo'ling...
Axir ko'pchiligimiz ota-onalarimiz bag'rida hech qanday tashvishsiz hayot kechiryapmiz. Buning uchun Allohga shukrlar aytamiz...
Ammo atrofga boqing... Qiyinchilikni hayot tarzia aylantirib olgan va buni zig'ircha ham xayoliga keltirmaydigan insonlar qancha...
Ayrimlarning salomatligi yaxshi emas, qalblari shikasta... Ba'zilar esa o'lim bilan olishyapti...
Bundan ham battari bo'lishi mumkin edi-ku... jumlasini eslang qiynaldim deb o'ylaganingizda!

Yana tong otadi, kun o'tadi, tun cho'kadi...
Biz esa yashayapmiz! Mana shu baxt! Alhamdulillah! Alhamdulillah! Alhamdulillah!

Комментариев нет:

Отправить комментарий