пятница, 4 мая 2018 г.

KAYFIYAT

Hukmronlik kuzga bo'lsada,
Vujudimni egallar ko'klam.
Kurtak bo'lib tuyular hamon,
Bugun endi sog'inchlarim ham.

Qandaydir zavq berar ko'ngilga,
Balki qishning intizorligi.
Balki hanuz dardlarim pinhon 
Va ko'ngilda umid borligi.

Kuzning xuddi so'nggi vidosi,
Oltin rangda tovlanar dunyo.
Cheksizlikni o'rgatar osmon,
Yuragimga kirvolib go'yo.

Surur berar yashamoq baxti,
Har kuningdan tuysang halovat.
Unut bo'lar dildagi armon,
O'tgan ishga esa salovat.

Kuzning so'nggi nidosi yanglig'
Pichirlaydi ohista shamol.
Yuragimga tuyg'ular mehmon
Ham bahorga boshlaydi xayol...

Metroda yozilgan she'r
2017.11.29